Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Zahiriddin Muhammad Bobur ibn Umarshayx Mirzo

“Jahon tarixida o‘chmas iz qoldirgan betakror siymolardan biri Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir, qomusiy olim, davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida butun dunyoda ma’lum va mashhurdir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa ega”

— O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Miromonovich Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

“Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PQ-20-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tashkil etilgan “Boburshunoslik” xalqaro elektron paltformasi.

Qarorning batafsil matni
BOBURNING BOLALIK VA YOSHLIK DAVRI

Zahiriddin Muhammad Bobur 1483-yil 14-fevral kuni Farg‘ona viloyatining poytaxti Andijonda tug‘ildi. Uning sertashvish hayoti va jo‘shqin faoliyati siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan inqirozga uchrab, tanazzulga tushayotgan Temuriylar saltanatining so‘nggi davriga to‘g‘ri keldi.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

TAVALLUDI

Tug‘ilgan vaqti – 14 fevral 1483-yil Andijon shahri.

Hijriy sakkiz yuz sakson sakkizinchi yil, muharram oyining oltinchisi (Xondamir, Mirza Muhammad Haydar). Ushbu sanani Ulug‘bek Kobuliyning olimi Mavlono Munir Marg‘iloniy uning tug‘ilgan tarixini “Shashi Muharram” (muharram oyining oltinchisi) so‘zlari qiymati yig‘indisidan topgan.

ISM VA TAXALLUSI

Unga buyuk naqshbandiy pir Xoja Ahror Valiy (Eshon Ubaydullaxon) tomonidan Zahiriddin Muhammad ismi qo‘yilgan.

Oilada go‘dakligidan Bobur, Boburjon deb erkalatishgan va bu unga ham ism ham taxallus bo‘lib, Zahiriddin Muhammad Bobur, Bobur Mirzo, Bobur podshoh sifatida tarixiy manbalarda va ilmiy adabiyotlarda qo‘llaniladi. Boburiylar uni oilada “Firdavs makoniy” deb atashgan.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

PADARI BUZRUKVORI

Otasi - temuriyzoda Umarshayx Mirzo Sulton Abusa’id Mirzoning oilasida to‘rtinchi o‘g‘il edi.

Umarshayx Mirzoning (1456-1469-1494) nasabi Amir Temurga quyidagicha bog‘langan edi: Sulton Abusaid Mirzo (1424-1451-1469), Sulton Muhammad Mirzo (yili noma’lum), Mironshoh Mirzo (1366-1408), Sohibqiron Amir Temur (1336-1370-1405). Bu haqda Zahiriddin Muhammad Bobur “Boburnoma”da aniq ma’lumot yozib qoldirgan. (“Boburnoma”, 2002, 37-bet)

VOLIDAI MUHTARAMASI

Onasi – Qutlug‘ Nigorxonim, Yunusxonning ikkinchi qizi, Sulton Mahmudxon va Sulton Ahmadxonning egachisi edi.

Yunusxon Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon naslidindur. Yunusxon ibn Vaysxon ibn Sherali O‘g‘lon ibn Muhammadxon ibn Esan Bo‘g‘axon ibn Do‘vaxon ibn Baroqxon ibn Yesun Tuva ibn Mo‘tugon ibn Chig‘atoyxon (“Boburnoma”, 2002, 38-bet).

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

BOBOSI YUNUSXON

Bobosi Yunusxon otasi Umarshayx Mirzo bilan juda yaqin bo‘lib, Bobur Mirzo tug‘ilganda Yunusxonga xushxabarni yetkazish uchun odam jo‘natdi.

Xon Mo‘g‘ulistondan yetib keldi va ular ancha muddat birga bo‘lishdi. Bobur Podshohning sochiga qaychi urishganda har biri bayramga aylantirgan.

GO‘DAKKA ISM QO‘YILISHI

Bobosi Yunusxon va otasi Umarshayx Mirzo hazrat Xoja Ahror Valiy (Eshon Ubaydullaxon) dan go‘dakka ism qo‘yib berishni so‘rashdi.

U kishi Zahiriddin Muhammad ismi bilan musharraf qildilar... Ular Zahiriddin Muhammad deb aytishga qiynalishardi, shu sababli uni Bobur deb ham atashdilar. Xutba va yorliqlarda uni “Zahiriddin Muhammad Bobur” deb aytishdi va yozishdi. Ammo u ko‘proq Bobur podshoh nomi bilan mashhur (Mirzo Muhammad Haydar, 219-220-betlar).

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

MUARRIX MUSHOHADASI

Bobur Mirzoning tug‘ilishi va bolalik yillari haqida yirik tarixchi G‘iyosiddin Xondamir shunday yozadi:

“Farg‘ona mamlakati podshoh Umarshayx Ko‘ragonning adolati sharafidan jannat bog‘larining rashkini oshiruvchi bo‘lib turganida 888-yil muharram oyining oltisida saltanat va dongdorlik tizimiga nur sochuvchi bir dur tizildi va quyosh yog‘duli bir gavhar xalifalik va maqsadi hosillik ufqidan porlab chiqdi... Ya’ni Mirzo Umarshayx... hazrat xotini Nigorxonim binti Yunusxondan bir o‘g‘il karomat qildikim, ham bolalik ayyomi boshidan davlat va iqbol nurlari holi jamolidan yaltirar, ham o‘sib ulg‘ayish zamoni avvalidan shavkat va istiqbol alomati baxt kelajakli manglayidan bilinib turardi...

To‘y va xursandchilik asboblarini tayyorlashga buyroq berdi va bir necha kun nishot palosini yoyib, totli sharob qadahlarini lola yuzluk soqiylar qo‘lidan sipqordi va ul dilbandi farzandining nom va laqabi Zahiriddin Muhammad Boburga qaror topti. Bir nechta Zuhra peshonali enagalar ul saodatli chaqaloqni emizish va qarovchilik ishiga tayinlandi. Shahzoda balog‘at yoshiga yetgan va oq-qorani ajrata biladigan davr boshigacha izzat va g‘amxo‘rlik beshigi, mehribonlik va komronlik tarbiyasi ostida parvarish topgan ayyomda Andijon o‘lkasi nohiyalarini boshqarish ishiga tayinlanib, o‘sha sarzaminda istiqomat qila boshladi” (Xondamir, 36-38-betlar).

MARKAZLASHGAN DAVLAT QURISH SARI

Bobur o‘z oldiga eng muhim siyosiy maqsadlardan biri qilib o‘zaro kurashlar natijasida parchalanib ketgan Movarounnahrni birlashtirib, ulug‘ bobosi Sohibqiron Amir Temur davlatini qayta tiklash vazifasini qo‘yadi.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

12 YOSHDA TAXT EGASI

Zahiriddin Muhammad Bobur 1494-yilda otasi Umarshayx Mirzoning fojiali o‘limidan so‘ng, 12 yoshida Farg‘ona viloyati taxtiga o‘tiradi va hokimiyatni boshqara boshlaydi.

Uning sertashvish hayoti va jo‘shqin faoliyati siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan inqirozga uchrab, tanazzulga tushayotgan Temuriylar saltanatining so‘nggi davriga to‘g‘ri keldi.

BOBURGA SUIQASDLAR

Mamlakatda mahalliy hokimlarning markaziy hokimiyatga itoatsizligi, boshboshdoqligi kuchaygan edi.

Xususan, Isfara hokimi Ibrohim Sor-u Boburga itoat qilishdan bosh tortib, shaharni Samarqand hokimi Boysung‘ur Mirzo tasarrufiga topshiradi. Boburning ukasi Jahongir Mirzoni taxtga o‘tkazish maqsadida Hasan Ya’qub boshchiligidagi bir guruh beklar unga qarshi suiqasdlar uyushtirishadi. Bobur ushbu tahlikali yillarda ehtiyotkorlik chora-tadbirlarini izlay boshlaydi: “Hatto, ushbu yil shubhali taomdin parhez qila boshladim. Pichoq va qoshiq va dasturxongacha ehtiyot qilur edim”.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

NOTINCH BOSHQARUV

Bobur katta va notinch viloyatni boshqarish yo‘lida ancha urinadi.

Andijon atrofidagi shaharlarga yurishlar tashkil qiladi. Bu vaqtda Temuriylar saltanatining aksariyat qismi Shayboniyxon tasarrufiga o‘tgan edi.

SAMARQAND VA ANDIJON

Bobur katta va notinch viloyatni boshqarish yo‘lida ancha urinadi.

1497-yil kuzida u Samarqand atrofidagi bir qancha joylarni va 7 oylik qamaldan so‘ng, Samarqandni egallaydi, Boysung‘ur Qunduzga qochadi. Shahar qamal tufayli nihoyatda og‘ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Hatto yegulik don ham topish mushkul edi. Bobur qo‘shinni ta’minlashda katta qiyinchiliklarga duch keldi.

Navkarlaridan ayrimlari Andijon va Axsi tomon qochib ketadilar. Buning ustiga Andijonda qolgan ayrim beklar Boburdan yuz o‘girib, uning ukasi Jahongir Mirzoni taxtga o‘tirg‘izishga harakat qiladilar. Andijondan ko‘ngli notinch bo‘lgan va iqtisodiy qiyinchiliklarga uchragan, ayni zamonda og‘ir xastalikni boshidan kechirgan Bobur Samarqandni yuz kun idora etgandan so‘ng, uni tark etishga majbur bo‘ladi. Ammo Xo‘jandga yetganda Andijon ham qo‘ldan ketib, muxoliflar ixtiyoriga o‘tib ketgan edi.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

ANDIJONNING QAYTARILISHI

Boburning Toshkent hokimi, tog‘asi Sulton Mahmudxon ko‘magida Andijonni qayta egallashga urinishi ham natija bermaydi.

Bu muvaffaqiyatsizlik Bobur qo‘shiniga salbiy ta’sir etib, ko‘pchilik bek va navkarlar Boburni tark etadilar. Ko‘p o‘tmay Marg‘ilonni qo‘lga kiritadi hamda Andijonni qayta egallashga harakat qiladi. 1498 yil iyun oylarida uni qayta qo‘lga kiritadi. Bobur ukasi Jahongir Mirzo bilan sulh tuzib, uning ixtiyorida “Xo‘jand suvining Axsi tarafidagi viloyatlarini...” qoldiradi, Andijon tarafidagi viloyatlarini o‘z tasarrufiga oladi.

SHAYBONIYXON ISTILOSI

Temuriylarning o‘zaro urushlari kuchaygan kezlarda Shayboniyxon Movarounnahrni istilo qilishga kirishadi.

U 1499-yilda Jizzax va Samarqand orqali Qarshi va Shahrisabzgacha bosib, katta o‘lja bilan Dashti Qipchoqqa qaytadi. Oradan ko‘p o‘tmay yana katta kuch bilan Movarounnahrga qaytib Buxoro va Qorako‘lni ham egallaydi (1499-y.), Samarqand hukmdori Sultonali Mirzo kaltabinlik bilan shaharni Shayboniyxonga jangsiz topshiradi (1500-y.). Biroq shahar aholisi va zodagonlarining ma’lum qismi Temuriylar hukmdorligini tiklash tarafdori edi. Ular Farg‘ona hokimi Boburga maktub yo‘llab, Samarqandni ishg‘ol qilishga da’vat etadilar.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

SAMARQANDGA YURISH

Bobur Mirzo 1500-yilning kech kuzida o‘z qo‘shini (240 kishi) bilan Samarqand shahrini yarim tunda egallashga muvaffaq bo’ladi. Aholi uni yaxshi kutib oladi.

Muhammad Shayboniyxonning shahar himoyasi uchun qoldirgan 600 nafar askari shahardan quvib tashlanadi. Muhammad Shayboniyxon Buxoroga chekinadi. Qisqa vaqt ichida Samarqand shahrining barcha tumanlari, Qarshi va G‘uzor shaharlari Bobur Mirzo hokimiyatini e’tirof etadi. Ammo shaharda oziq-ovqat zaxiralari tugab, ocharchilik boshlangan edi. Bundan xabar topgan Muhammad Shayboniyxon katta kuch to‘plab, yana Samarqandga yurish boshlaydi. 1501-yil aprelda Zarafshon bo‘yidagi Saripul qishlog‘i yaqinida bo‘lgan jangda Bobur Mirzo qo‘shinlari mag‘lubiyatga uchraydi. Bobur Mirzo Samarqandga chekinadi. Shahar yana qamal qilinib, u to‘rt oy davom etadi. Qamalda qolgan shahar aholisi ochlikdan tinkasi quriydi, Bobur Mirzo 1501-yilning ikkinchi yarmida noilojlikdan Samarqandni tark etib, yana Toshkentga, Sulton Mahmudxon huzuriga yo‘l oladi.

MOVAROUNNAHRNI TARK ETISH

Bobur Temuriylar saltanatini himoya qilish va uni saqlab qolish uchun astoydil harakat qilib, Shayboniyxonga qarshi bir necha yil davomida muttasil kurash olib borsa-da, ammo mamlakatda hukm surgan og‘ir iqtisodiy tanglik va siyosiy parokandalik sharoitida o‘z maqsadiga erisha olmaydi.

1503-yilda Boburning Toshkent xoni Sulton Mahmudxon va qalmoqlarning birlashgan qo‘shini Shayboniyxon tomonidan Sirdaryo bo‘yida tor-mor qilinadi. Bobur Samarqand taxti uchun kurashayotgan paytda Andijonni Ahmad Tanbal egallab oladi. 1501–1504-yillarda Bobur Farg‘ona mulkini qaytarib olish uchun Sulton Ahmad Tanbal va ukasi Jahongir Mirzoga qarshi olib borgan kurashi muvaffaqiyatsizlik bilan tugaydi va u Movarounnahrni tark etishga (1504-yil, iyun) majbur bo‘ladi.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

KOBULNING EGALLANISHI

Bobur 200–300 navkari bilan Hisor tog‘lari orqali Kobulga o‘tadi (1504-yil) va u yerdagi ichki nizolardan foydalanib G‘azna va Kobulni egallaydi.

Kobulni egallagach, mustaqil davlat tuzishga jadal kirishadi, qo‘shinni tartibga keltiradi, qattiq ichki intizom o‘rnatadi. Kobulga, umuman, Afg‘onistonga Bobur o‘z yurti kabi qaradi, qurilish va obodonlashtirish, kasb-u hunar va qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ishlarini boshlab yuboradi. “Bog‘i Shahroro”, “Bog‘i Jahonoro”, “O‘rtabog‘” va “Bog‘i Vafo” kabi oromgohlar tashkil etdi. Shahar ichidagi Bolo Hisor qal’asini o‘z qarorgohiga aylantirib, uni qayta ta’mirlatdi, yangi imoratlar quradi va oilasi bilan shu qal’ada yashadi. Uning Humoyun, Gulbadan Begim, Komron va Hindol ismli farzandlari shu yerda tug‘ildi. 1506-yil bahorda vafot etgan onasi Qutluqnigor Xonim shu yerdagi “Bog‘i Navro‘ziy”ga dafn etiladi.

SULTON HUSAYN MIRZONING REJASI

Shayboniylarning tobora kuchayib borayotgan yurishiga qarshi birgalikda chora ko‘rish masalasida Sulton Husayn barcha temuriy hukmdorlar qatorida Boburni ham maslahat majlisiga maxsus taklif etishi ana shunday yuksak nufuzni ko‘rsatuvchi dalildir.

Bobur ushbu taklifga binoan Hirotga otlanadi. Sulton Husaynning to‘satdan vafot etishiga (1506-y.) qaramay, u Hirotga boradi va Sulton Husayn vorislari bilan uchrashib muzokaralar o‘tkazadi. Temuriy hukmdorlarning birlashib Shayboniyxon bosqiniga to‘siq qo‘yish rejalari amalga oshmaydi va tez orada birin-ketin mag‘lubiyatga uchrab, saltanatni batamom qo‘ldan chiqaradilar.

© Muhammad Haydar Mirzo / Tarixi Rashidiy / Vahob Rahmonov, Yanglish Egamova tarjimasi. Toshkent: “Sharq”. 2010

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Muhammad Haydar Mirzo / Tarixi Rashidiy / Vahob Rahmonov, Yanglish Egamova tarjimasi. Toshkent: “Sharq”. 2010

SHOH ISMOIL BILAN ITTIFOQ

1507-yil boshlarida Bobur Hindistonga yurish boshlaydi. Ammo bu urinishi muvaffaqiyatsiz tugab, yana poytaxt Kobulga qaytadi.

Bobur Movarounnahr va Xurosondagi siyosiy vaziyat va urush harakatlarini kuzatib borar ekan, o‘z qo‘shinlarini doimo shay tutadi. Shayboniyxon Xurosonning yirik markazlarini qo‘lga kiritgach, Eronni zabt etish uchun yurish boshlaydi. Ammo Eron shohi Ismoil I Safaviy bilan qattiq to‘qnashuvda (1510-y.) yengiladi, o‘zi ham Marvda halok bo‘ladi. Shoh Ismoil Xuroson va Movarounnahrga qo‘shin kiritib shayboniylarga ketma-ket shikast yetkaza boshlaydi.

Bobur Shoh Ismoil bilan harbiy-siyosiy ittifoq tuzib, 1511-yil bahorida Hisorni, yozida Buxoroni, oktyabrning boshida esa Samarqandni yana qo‘lga kiritadi. Boburning shia mazhabidagi safaviylar bilan ittifoq tuzgani aholi orasida norozilik tug‘diradi. 1512-yil 28-aprelda Ko‘li Malik jangida Ubaydullaxon boshliq shayboniylardan yengilgan Bobur Hisor tomon ketadi. 1512-yil kuzida Bobur Ismoil Safaviy tomonidan yuborilgan Najmi Soniy bilan Balxda uchrashadi. 1512-yil 24-noyabrda G‘ijduvon jangida ittifoqchilar Shayboniylardan yengiladi. Bobur Kobulga qaytishga majbur bo‘ladi. Shundan so‘ng u Movarounnahrni egallash ilinjidan umid uzib, butun e’tiborini Hindiston fathiga qaratadi.

E’TIQODIGA SODIQ BOBUR

“Boburnoma”dagi 1520–1525-yillar, ya’ni Ismoil Safaviy bilan siyosiy-harbiy hamkorligi barham topgan davrlarga oid voqealar saqlanmagan.

Boburning Ismoil Safaviy bilan tuzgan ittifoqi haqidagi ishonchli manbalarda keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra Bobur o‘z e’tiqodi (hanafiya mazhabi) ga sodiq qolgan.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

UCH YARIM ASRLIK SALTANAT

1519-yilning bahoriga kelib Bobur Hindistonni zabt etish rejasini amalga oshirishga kirishadi va keyingi 5–6-yil davomida bir necha marta yurishlar uyushtiradi.

Nihoyat, 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo‘shinini 12 ming kishilik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, yirik rajput sarkardasi Rona Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi. Agrani o‘ziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shunday qilib, Bobur 1526-yilda Ganga daryosidan Amudaryogacha bo‘lgan hududni birlashtirgan ulkan saltanatni vujudga keltiradi va shu tariqa Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli Boburiylar sulolasiga asos soladi.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

TARIXCHI VA QOMUSIY OLIM

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z davrining yirik davlat arbobi va sarkardasi bo‘lish bilan birga, hassos shoir, adib, tarjimon va yetuk olim ham edi. U o‘zidan bashariyatga boy adabiy va ilmiy meros qoldirgan.

Bizgacha yetib kelgan asarlarining o‘zi ham Bobur ijodining ko‘p qirrali, janr jihatidan xilma-xil va rang barangligini ko‘rsatadi.

© Muhammadali Abduqunduzov – Bobur Mirzo obrazida. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti.

BUYUK OLIM

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘z davrining yirik davlat arbobi va sarkardasi bo‘lish bilan birga, hassos shoir, adib, tarjimon va yetuk olim ham edi.

U o‘zidan bashariyatga boy adabiy va ilmiy meros qoldirgan. Bizgacha yetib kelgan asarlarining o‘zi ham Bobur ijodining ko‘p qirrali, janr jihatidan xilma-xil va rang barangligini ko‘rsatadi. Uning asarlarida inson va tabiat go‘zalligining muhibi, eng yaxshi axloqiy fazilatlarni qadrlovchi, ro‘y bergan tarixiy voqealarni aniq aks ettiruvchi, zulm va riyokorlikni qoralovchi, tarixiy shaxslar faoliyatini xolis mushohada qilib, olimlar, shoirlar va san’atkorlar ijodiga zamonning ilg‘or an’analari nuqtayi nazaridan baho bera oladigan alloma va donishmand siymosi kitobxon ko‘z o‘ngida namoyon bo‘ladi. Bobur o‘zining ana shunday ilg‘or qarashlari, ilm-fan rivoji yo‘lidagi xizmatlari bilan bashariyat tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk zot sanaladi.

“BOBURNOMA”

Bobur avlodlarga qoldirgan boy va bebaho ilmiy-adabiy merosida buyuk ajdodimizga jahoniy shuhrat keltirgan asari, shubhasiz, uning “Boburnoma” asaridir.

Nihoyat, 1526-yil aprelda Panipatda asosiy raqibi, Dehli sultoni Ibrohim Lo‘diyning yuz ming kishilik qo‘shinini 12 ming kishilik askari bilan tor-mor qiladi hamda Dehlini egallaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, yirik rajput sarkardasi Rona Sango ustidan ham zafar qozonib, Shimoliy Hindistonning Bengaliyagacha bo‘lgan qismini o‘ziga bo‘ysundiradi. Agrani o‘ziga poytaxt sifatida tanlagan Bobur katta qurilish va obodonchilik ishlarini boshlab yuboradi. Shunday qilib, Bobur 1526-yilda Ganga daryosidan Amudaryogacha bo‘lgan hududni birlashtirgan ulkan saltanatni vujudga keltiradi va shu tariqa Hindistonda uch yarim asrga yaqin hukm surgan qudratli Boburiylar sulolasiga asos soladi.

© Muhammadali Abduqunduzov – Bobur Mirzo obrazida. O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti.

“BOBURNOMA” TURLI NOMLARDA

Bobur qalamiga mansub bu shoh asarning turli tillarga qilingan tarjimalarini kuzatgan olimlar qiziq hodisani qayd etishgan: kitob dunyoning turli tillarida yigirmadan ziyod nom ostida bosilib chiqqan ekan.

Chunonchi: “Voqeoti Boburiy”, “Voqeanomayi podshohi”, “Tabaqoti Boburiy”, “Tuzuki Boburiy”, “Vaqoye’”, “Voqeanoma”, “Bobur podshohning tarjimayi holi”, “Boburiya”, “Bobur memuarlari”, “Esdaliklar”, “Bobur tarixi”, “G‘aroyib tarjimayi hol”, “Sharhlar”, “Ma’murnoma”, “Boburning hayoti”, “Tuzuk”, “Podshohnoma”, “Bobur xotiroti”, “Bobur bitiklari”, “Boburnoma ingliz tilida” va hokazo.

YUKSAK BAHOGA EGA ASAR

“Boburnoma”da xilma-xil ma’lumotlar shu darajada ko‘p uchraydiki, ilm-fanning deyarli barcha sohalaridagi mutaxassislar bu asardan bahramand bo‘la oladi.

Bu dalillarning haqqoniyligi tufayli tarixchi o‘sha davrdagi Markaziy Osiyo, Xuroson, Afg‘oniston va Hindiston tarixiga tegishli muhim ma’lumotlarga ega bo‘lsa, tabiatshunos mazkur o‘lkalarning topografiyasi, iqtisodiy jo‘g‘rofiyasiga oid yangiliklarga, hayvonot olamiga taaalluqli bilim va tasavvurlarga ega bo‘ladi; o‘simlikshunos o‘simliklar dunyosi bilan tanishadi, etnograf shu joylarda yashaydigan turli xalqlarning turmush tarzi, urf-odatlariga doir qiziqarli tafsilotlarga duch keladi, tilshunos o‘zbek adabiy tilining shu davrdagi ahvolini, adabiyotshunos esa shu davr adabiy muhitini tasavvur qila oladi.

Ana shu fazilatlari bilan “Boburnoma” uzoq yillardan beri butun dunyoda ko‘plab soha olimlarining diqqat-e’tiborini jalb qilib keldi va ular tomonidan yuksak baholandi.

BENAZIR SHOIR

Bobur she’riyatda adolat tuyg‘usini bosh mavzulardan biri sifatida talqin etib, bu borada ancha ilg‘or ijtimoiy fikr va g‘oyalarni ilgari surgan. Ular ko‘proq ruboiylarida aks etgan. Xususan, shoir insonga xos yuksak va tuban tuygular to‘g‘risida fikr yuritib, oliyjanoblik taqdirlashga, pastkashlik esa jazolashga loyiq ekanini ta’kidlaydi.

© Malik Nabiyev – “Zahiriddin Muhammad Bobur” asari. O‘zbekiston Xalq rassomi.

USLUBNING O‘ZIGA XOSLIGI

Shoir lirik asarlariga xos umumiy xususiyat quyidagilardan iborat:

Ular mumtoz adabiyotimiz an’analari asosida yaratilgan bo‘lsa ham, uslubini sodda va ravonligi, ixchamligi, ko‘proq real hayotiy voqea-hodisalar zaminida maydonga kelgani bilan ajralib turadi. Natijada uning she’rlarida tarixiylik bilan lirizm, hayotiylik bilan badiiylik, hissiy kayfiyat bilan haqqoniy ifoda o‘zaro uyg‘unlashib boradi. Bu holat shoir ijodiy uslubining o‘ziga xosligini ham belgilaydi.

HAQQONIY TASVIR USLUBI

Shuni alohida ta’kidlash lozimki, Bobur asarlarida haqqoniy tasvir uslubi hissiy tasvir uslubidan ustunlik qiladi.

Masalan, “Xazon yafrog‘i yanglig‘” nomli g‘azal oshiqona mavzuda bo‘lib, shoir ma’shuqaning iltifotsizligidan shikoyat qiladi. Oshiq ma’shuqaning gul yuziga yetishish ishtiyoqida xazondek sarg‘ayganligini ta’kidlab, lolarux ma’shuqadan uning sarg‘aygan chehrasini ko‘rib iltifot qilishni so‘raydi. Ma’shuqaning iltifotiga sazovor bo‘lmagan oshiq hayotdan kechishga ham rozi, lekin bunda ma’shuqani qoralamaydi, aksincha, unga baxt va “latofat gulshanida xurram”lik tilaydi.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Malik Nabiyev – “Zahiriddin Muhammad Bobur” asari. O‘zbekiston Xalq rassomi.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

BOBUR SHE’RIYATIDA ADOLAT

Bobur she’riyatida adolat tuyg‘usini bosh mavzulardan biri sifatida talqin etib, bu borada ancha ilg‘or ijtimoiy fikr va g‘oyalarni ilgari surgan.

Ular ko‘proq ruboiylarida aks etgan. Xususan, shoir insonga xos yuksak va tuban tuyg‘ular to‘g‘risida fikr yuritib, olijanoblik taqdirlashga, pastkashlik esa jazolashga loyiq ekanini ta’kidlaydi:

Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidur.

Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidur.

Yaxshi kishi ko‘rmagay yamonlig‘ hargiz

Har kimki, yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.

DAVRNING BADIIY KO‘ZGUSI

Umuman, Bobur she’riyati uning janr xususiyatlari, mavzu doirasi, hayotiy falsafasi va badiiy jilosi bilan o‘zbek adabiyotining nodir namunalari qatoridan faxrli o‘rin egallaydi.

Ularda hayot va insonni qadrlash, go‘zallikdan bahramand bo‘lishga intilish haqida nafaqat marifatli insonning, balki muallifning shaxsiy qarashlari ham o‘z aksini topgan. Shuning uchun ham Bobur she’riyatini ul zot yashab o‘tgan murakkab davrning o‘ziga xos badiiy ko‘zgusi deyish mumkin.

ADABIYOTSHUNOS OLIM

Boburning “Aruz” risolasi o‘zbek she’riyati nazariyasini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi. Boburning bu risolasi Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asaridan so‘ng turkiy tilda aruz vazni haqida yozilgan ikkinchi yirik tadqiqot bo‘ldi.

BOBURNING “ARUZ RISOLASI”

Boburning “Aruz risolasi” o‘zbek she’riyati nazariyasini o‘rganishda muhim o‘rin egallaydi.

Boburning bu risolasi Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asaridan so‘ng turkiy tilda aruz vazni haqida yozilgan ikkinchi yirik tadqiqot bo‘ldi. Muallif ushbu asarni yozishda Navoiyning mazkur asari bilan birga, fors-tojik adabiyotining mumtoz namoyondalari Rashididdin Vatvot, Nosiriddin Tusiy, Ar-Roziy va boshqalarning aruz haqidagi risolalarini ham sinchiklab o‘rganadi.

SHE’RIYAT TARIXIDAN MANBA

“Aruz risolasi”da XV-XVI asrlarda yashagan 60 dan ortiq shoirning nomi zikr etiladi va ularning asarlaridan parchalar keltiriladi.

Mazkur asar o‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning she’riyat nazariyasi tarixini o‘rganishda muhim manba va qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

“BOBURNOMA”DA ADABIYOT

Shuningdek, Boburning “Boburnoma” asarida XV asrning oxiri va XVI asr boshlarida Movarounnahr va Xurosonda yashab ijod etgan shoirlar, musavvirlar va ilm-fan, madaniyat namoyandalari ham tasvirlanadi.

Bu o‘rinda Boburning adabiyotshunos olim, munaqqid sifatidagi qirralari ko‘zga tashlanadi.

Jumladan, Mir Sarbaraxna haqida gapirar ekan, Bobur to‘g‘ridan-to‘g‘ri shunday deydi: “Amir Xamza qissasining muqobalasida umri zoyn’ qilib, uzun-uzoq yolg‘on qissa bog‘labtur; bu amr muxolifi tab’ va aqldur”.

FORS-TOJIK ADABIYOTI

“Aruz risolasi”da XV-XVI asrlarda yashagan 60 dan ortiq shoirning nomi zikr etiladi va ularning asarlaridan parchalar keltiriladi.

Bobur XV asrda o‘z ijodi bilan fors-tojik adabiyotining taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

IJODKORLAR TA’RIFI

Muallif o‘zi tavsiflayotgan qalam ahli haqida gap ketganda, ularning ijodiga xos bo‘lgan eng muhim tomonlarni ochishga intiladi.

Bobur ijodkorlar haqida gapirganda, ta’riflaganda ularning adabiyot va san’atni rivojlantirishga qo‘shgan hissasini, bu sohadagi mahoratini, madaniy taraqqiyot yo‘lidagi xizmatlarini yoritishga harakat qiladi va shoir yoki adibga ana shu nuqtadan turib baho beradi.

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

© Hamid Sulaymon. Boburnoma rasmlari / Albomni tuzuvchi va so‘zboshi muallifi Hamid Sulaymon – Toshkent: “Fan”. 1970. 160

ISLOM QONUNSHUNOSI

Zahiriddin Muhammad Bobur fanning ko‘plab sohalari rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Shu ma’noda, uning ijodida “Mubayyin” asari alohida o‘rin tutadi. Lekin nafaqat adabiyotshunoslar, balki islomshunos, tarixchi, faylasuf, iqtisodchi, tilshunos, pedagog kabi bir qator soha olimlari uchun qimmatli manba bo‘lgan bu asarni o‘rganish ishlari Vatanimiz istiqlolga erishganidan so‘nggina to‘liq ro‘yobga chiqa boshladi.

“MUBAYYIN” ASARI

Zahiriddin Muhammad Bobur fanning ko‘plab sohalari rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan.

Shu ma’noda, uning ijodida “Mubayyin” asari alohida o‘rin tutadi. Lekin nafaqat adabiyotshunoslar, balki islomshunos, tarixchi, faylasuf, iqtisodchi, tilshunos, pedagog kabi bir qator soha olimlari uchun qimmatli manba bo‘lgan bu asarni o‘rganish ishlari Vatanimiz istiqlolga erishganidan so‘nggina to‘liq ro‘yobga chiqa boshladi. Uni tadqiq qilish, nashr etish bo‘yicha birmuncha ishlar amalga oshirildi. “Mubayyin” asari Temuriylar davri ijtimoiy, oilaviy, xususiy hayotidagi ilmiy, ma’rifiy, diniy madaniyatning nazmiy ifodasidir.

ISLOM DININING BESH RUKNI

Zahiriddin Muhammad Bobur “Mubayyin” kitobi orqali buyuk faqih zot ekanini namoyon etadi.

Asarni o‘z valiahd o‘g‘illari Nosiruddun Humoyun va Komron mirzolarga dasturulamal sifatida mo‘ljallab, ularning siymosi orqali butun xalq ommasiga besh farz fiqhiy masalalarini ta’lim qiladi. Darhaqiqat, asarda muqaddas islom dinining besh rukni: iymon-e’tiqod, namoz, ro‘za, zakot va haj masalalari go‘zal she’riy tilda bayon etilgan. Tadqiqotchi olimlarning ta’kidlashicha, “Mubayyin” asarining asosiy tayangan manbalari muborak “Muxtasari Viqoya” hamda “Hidoyai sharif” kitoblaridir. Asardagi duo matnlari esa asosan kutubi sittada. Ya’ni olti ulug‘ muhaddisning kitoblarida kelgan hadislardan hamda Imom G‘azzoliyning “Ihyou ulumiddin” asaridan tanlab olingan.

BESH QISMDAN IBORAT ASAR

“Mubayyin”da diniy masalalar chuqur bilimdonlik va yuksak badiiy mahorat bilan sharhlab berilgan.

Asar besh qismdan iborat bo‘lib, birinchisi “E’tiqodiya”, ikkinchisi, “Kitob us-salot”, uchinchisi “Kitob uz-zakot”, to‘rtinchisi “Kitob us-savm” va beshinchisi “Kitob ul-haj” deb ataladi. U o‘zbek tilining boyligi va qudratini to‘laligicha namoyon etadigan mumtoz adabiyotimizning yorqin namunasi sifatida qadrlidir.

“BOBURNOMA”DA FIQH

Ta’kidlash joizki, Bobur mirzo “Boburnoma” asarida ham bir necha o‘rinda nozik fiqhiy masalalarga to‘xtalib o‘tadi.

Ya’ni, u zotning donishmand faqih ekanligi boshqa asarlaridan ham ma’lumdir. Tarixdan ma’lumki, Bobur mirzo arab alifbosini soddalashtirib, “Xatti Boburiy” degan yozuvni joriy etgan va Lakhnaviy Hasaniyning yozishicha, bu imloda Qur’oni karimni ko‘chirtirib, Makkai mukarramaga – muqaddas Ka’batulloh ma’murlariga yuborgan. “Xatti Boburiy”da yozilgan Qur’oni karimning Mashhad muzeyidan yurtimizga keltirilganligi Bobur mirzo ilmiy faoliyatini o‘rganishda yangi imkoniyatlarni ochadi.