Sinov yoʻsinida ishlamoqda
O‘z-o‘zini boshqaruvchi nodavlat notijorat jamoat tashkiloti. Tashabbuskor guruh qarori bilan 1992-yil Andijon shahrida ta'sis etilgan. Faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi», «Jamoat fondlari to‘g‘risidagi» qonunlari, xalqaro huquq normalari va o‘z Ustavi asosida olib boradi.
Fond dastlab «Bobur nomidagi xalqaro jamg‘arma» deb atalgan. Fond rayosatining 2008-yil 16-dekabrdagi 1-sonli qarori bilan «Bobur nomidagi jamoat fondi», 2011-yil 28-oktabrdagi 15-sonli qarori bilan nomi «Bobur nomli xalqaro jamoat fondi» deb o‘zgartirilgan. Andijon shahri, Toshkentko‘chasi, 32-uyda joylashgan. Ulug‘ hamyurtimiz, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti, faoliyati, ijodining haqiqiy muxlisi Zokirjon Mashrabovning sa'yi harakati, jasorati, vatanparvarligi natijasida Andijonda 1992-yili Bobur nomidagi jamg‘armaga asos solindi.
Maqsadi: Buyuk ajdodlarimiz - Zahiriddin Muhammad Bobur, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mavlono Lutfiy, Boborahim Mashrab, Gulbadanbegim, Zebuniso va boshqa o‘nlab o‘z hayoti va ijodi bilan Sharq xalqlari madaniyatini rivojlantirgan allomalar, shoir va mutafakkirlarning boy ilmiy-adabiy meroslarini o‘rganish, ular qoldirgan noyob kitob va qo‘lyozma asarlarni xorijiy davlatlardan Vatanimizga olib kelib ilmiy iste'molga kiritish,ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida dafn etilgan joylarini aniqlash va obodonlashtirish, xalqlar do‘stligini mustahkamlashga xizmat qildirish.
Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi tomonidan 1992-yilda tashkil etilgan (tashabbuskori va rahbari – fond raisi Zokirjon Mashrabov).
Maqsadi va asosiy vazifasi – Markaziy Osiyodan yetishib chiqib, turli sabablar bilan muayyan davr davomida bu oʼlkadan tashqarida yashagan va dafn etilgan Bobur va boshqa tarixiy shaxslar hayoti va ijodiy faoliyatini oʼrganish, ularning tarixiy, ilmiy va maʼnaviy merosini aniqlab,ulardan nusxalar yig’ib, Andijonga keltirish va tadqiqot doirasiga kiritishdan iborat. 2022-yil oxirigacha ekspeditsiya 33 ta safarini amalga oshirgan.
“Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-yanvardagi PQ-20-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan tashkil etilgan “Boburshunoslik” xalqaro elektron paltformasi.
Qarorning batafsil matniZahiriddin Muhammad Bobur faoliyati, ijodini o‘rganishda jahon hamda O‘zbekistonlik olimlar tomonidan amalga oshirilgan tadqiqotlarni umumlashtirib beruvchi, tizimga solingan xalqaro elektron ma’lumotlar bazasi. Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar merosini o‘rganishga qiziquvchi barcha olimlar va ixlosmandlar uchun maxsus platforma.
Ushbu elektron platformani yaratish orqali Zahiriddin Muhammad Bobur va boburiylar merosini o‘rganishga qiziquvchi barcha olimlar va ixlosmandlar uchun qulaylik yaratish ko‘zda tutilgan. Xalqaro platformani yuritish orqali jahon miqyosida boburiylar madaniyati va merosini targ‘ib qilish, uning O‘rta asrlar madaniy hayotida tutgan o‘rni haqidagi tadqiqotlarni jamlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Platformaning yaratilishi sohada olib borilayotgan tadqiqotlarning unumdorligini oshiradi hamda yosh avlodning ilmiy tafakkurini shakllantirishga o‘z hissasini qo‘shadi.
Abdumajid Madraimov Abduraimovich | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, tarix fanlari doktori, professor | Loyiha rahbari |
Zokirjon Mashrabov Mashrabovich | Geolog olim, geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, boburshunos va jamoat arbobi, Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondi asoschisi va raisi | Loyiha rahbari o‘rinbosari |
Xurshid Fayziyev Turg‘unovich | Tarix fanlari nomzodi, dotsent, Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori | Katta ilmiy xodim |
Elmira Hazratqulova Bazarbayevna | Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), Temuriylar tarixi davlat muzeyi katta ilmiy xodimi | Katta ilmiy xodim |
Xolida Shamsiyeva O‘rinboyevna | Bobur nomidagi xalqaro jamoat fondining kotibiyat mudiri, “Bobur va jahon madaniyati”, “Andijon shaharsozlik madaniyati tarixi” muzeylari rahbari | Kichik ilmiy xodim |
Askariy Madraimov Abdumajidovich | Tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti dotsenti | Tarjimon |
Xurshid Axmatjonov Shavkatovich | Dasturchi(full stack developer) | Dasturchi |
Sirojiddin Turg‘unboyev Raxmatulla o‘g‘li | Grafik va veb dizayner | Grafik va veb dizayner |