Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Keltursa yuz baloni oʼshal bevafo manga

Keltursa yuz baloni oʼshal bevafo manga,

Kelsun, agar yuzumni evursam, balo manga.

 

Netkaymen, ul rafiq bilakim, qilur base –

Mehru vafo – raqibgʼa, javru jafo – manga?

 

Begona boʼlsa aql meni telbadin, ne tong,

Chun boʼldi ul pari sifatim oshno manga.

 

Ohu yoshimdin ortadurur zaʼf, ey tabib,

Bildim yarashmas emdi bu obu havo manga.

 

Dardim koʼrub muʼolajada zoye' etma umr

Kim, jonda dardi ishqdurur bedavo manga.

 

To yor kimni istaru koʼnglina kim yoqar,

Tashvish bejihatdurur oxir sango, manga.

 

Bobur, boʼlubturur ikki koʼzum yoʼlida toʼrt,

Kelsa ne boʼldi qoshima bir-bir mango-manga.

Keltursa yuz baloni oʼshal bevafo manga