Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Zuhd ketti esa, karam qildi ...

Zuhd ketti esa, karam qildi,

Ishq keldi-yu, muhtaram qildi.

 

Ul alif bo‘yluq oyning ishqi

Meni olam aro alam qildi.

 

Ko‘zi-yu zulfu og‘zi furqatida

Falak oxir meni adam qildi.

 

Ko‘nglum o‘rtandi hardam ohimdin,

Magar ul yel bu o‘tni dam qildi.

 

Qoshi yolar jafosidin bu charx

Mening otimg‘a o‘q raqam qildi.

 

Changi g‘amdin qutulmadi Bobur,

Nechakim, nola zeru bam qildi.

Zuhd ketti esa, karam qildi ...