Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Yoz bo‘ldi-yu, bo‘ldi yana jannat kibi yozi,
Xush ul kishikim, aysh ila o‘tgay qishu yozi.
Dutora uni ayshu farog‘atni berur yod,
Mutribg‘a quloq tutki, ne der nag‘mada sozi.
Chun qiblam erur yor, qilay qoshida sajda,
Nosih so‘zini naylay, emas so‘zi namozi.
Bu telba-yu madhush dilu jong‘a ne xushdur,
Gah qahru itobi bila, gah ishvau nozi.
Tut mug‘tanam6 ul yorni, Boburki, jahonda
Mahmud kim erdi, ne kishi erdi Аyozi?