Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati ...

Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati,

She’r bahsi, ishq dardi, bodaning kayfiyati.

 

Yoz faslida chog‘ir ichmakning o‘zga holi bor,

Kimga bu nash’a muyassar bo‘lsa, bordur davlati.

 

Ishq dardini chekib, har kimki topsa vasli yor,

Ul zamon bo‘lg‘ay unut yuz yilg‘i hijron shiddati.

 

Do‘stlarning suhbatida ne xush o‘lg‘ay bahsi she’r,

To bilingay har kishining tab’i birla holati.

 

Gar bu uch ishni muvofiq topsang ul uch vaqt ila,

Mundin ortuq bo‘lmag‘ay, Bobur, jahonning ishrati.

Yoz fasli, yor vasli, do‘stlarning suhbati ...