Sinov yoʻsinida ishlamoqda
To qildi meni firoq aro yod habib,
Mahjur ko‘ngulni ayladi shod habib.
Gar vasl muyassar o‘lmasa, netay, ey Bobur,
Faryod habibu ohu faryod habib!
* * *
Ey qomati sarvu lablari obi hayot,
Budur tilagimki, yetgamen vaslinga bot!
Hajringda manga ne sabr qoldi, ne sabot,
Yo kel bu sorig‘a, yo meni o‘zunga qot!
* * *
Bu qoziyi fosiqki, yibordim sanga bot,
Sen dog‘i uzatqil botu ham badraqa qot!
Gar xotiring istasa, yiborgil savg‘ot:
Ma’junu sharobu obi noranju nabot.
* * *
Keldi ramazon-u, men taqi bodaparast,
Iyd o‘ldi-yu, zikri may qilurmen payvast.
Ne ro‘zau ne namoz yillar, oylar;
Tun-kun mayu ma’jun bila devonavu mast.
* * *
Bo‘ldum men oshuftai hayron mardud,
Qilg‘il madadeki, bo‘ldi imkon nobud.
Dunyo bila uqboda ruju’um sangadur,
Ey ikki jahonni shahi – Sulton Mahmud!