Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Bu telba ko‘ngulki, ishq aning sudidur,
Аhbobning ixtiloti maqsudidur.
Hijron chekib, ahbobni har kimki ko‘rar,
Xush davlatiyu tolei mas’udidur.
* * *
Hijron qafasida jon qushi dam qiladur,
G‘urbat bu aziz umrni kam qiladur.
Ne nav’ bitay firoqu g‘urbat sharhin –
Kim ko‘z yoshi nomaning yuzin nam qiladur.
* * *
Jismimda isitma kunda mahkam bo‘ladur,
Ko‘zdin uchadur uyqu chu oqsham bo‘ladur.
Har ikkalasi g‘amim bila sabrimdek,
Borg‘on sori bu ortadur, ul kam bo‘ladur.
* * *
Yo Rab, menda ne yaxshi tole’ bordur –
Kim, baxti mute’u yori tobe’ bordur.
Ma’zur tut, ar vaslingga kechroq yetsam,
Ne chora qilay, ozg‘ina mone’ bordur.
* * *
Xotirni bahor faslida gasht oladur,
Ko‘z nurini rangi lolau dasht oladur.
Xush ulki, tolalarda, yurub sayr etsa,
Bu fasldakim, latifu dilkash toladur!