Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur ...

Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur,

Po‘loddur ko‘nglungu bag‘ring toshdur.

Nomamg‘a agar yaxshi javobing yo‘qtur,

So‘kmak bila yod aylasang ham – xushtur.


***

Hajri aro oromu qarorim yo‘qtur,

Vaslig‘a yetarga ixtiyorim yo‘qtur.

Kimga ochayin rozki, yo‘q mahrami roz1,

G‘am kimga deyinki, g‘amgusorim2 yo‘qtur.


***

Ulkim, anga ilm ichra g‘olib yo‘qtur,

Dedimki, beri kelurg‘a rog‘ib3 yo‘qtur.

Dedimki, bu so‘z rost emastur, negakim,

Tolibni tilar andaki, tolib yo‘qtur.


***

Tuz oh, Zahiruddin Muhammad Bobur,

Yuz oh, Zahiruddin Muhammad Bobur!

Sarrishtai ayshdin ko‘ngulni zinhor

Uz, oh, Zahiruddin Muhammad Bobur!


***

Qayg‘ungni cheka-cheka qoribtur Bobur,

Rahm aylaki, o‘zidin boribtur Bobur.

Noranj yubordi sengakim, bilgaysen,

Ya’niki, bu nav’ sarg‘oribdur Bobur. 

Eykim, quyosh ul yuzung, hilol ul qoshtur ...