Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Bobur, necha bu dahr meni zor aylar?
Sabrimni kamu g‘amimni bisyor aylar.
To dahrdurur, budur aning rasmikim,
Аyrib kishini azizidin, xor aylar.
***
Qish bo‘ldiyu bo‘ldi barcha tomu tosh qor,
Jam’iyati bor kishiga bordur xush qor.
Bu qishda yomon yo‘lu parishon holim,
Yo Rab, meni yaxshilig‘ sarig‘a boshqor!
***
Аrbobi hasad so‘ziga buttung o‘xshar,
Begonalig‘ atvorini tuttung o‘xshar.
Bir dog‘i sog‘inmading bu fursatta meni,
Men xastani, ey yor, unuttung o‘xshar.
***
Vaslingg‘a ko‘ngul qiyossiz tolibtur,
Hajring aro ixtiyorsiz qolibtur.
Mushtoqlig‘im sharhini dey olmasmen,
Diydoringa ishtiyoq ko‘p g‘olibtur.
***
Ey bodi sabo, ayla Xurosong‘a guzar,
Mendin degil ul yori parisong‘a xabar.
Necha safar o‘z ko‘nglung uchun qilg‘aysen,
Emdi bizing uchun ayla bu yong‘a safar.