Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Yangi oy yor yuzi birla ko‘rub el shodu bayramlar ...

Yangi oy yor yuzi birla ko‘rub el shodu bayramlar,

Manga yuzu qoshingdin ayru bayram oyida g‘amlar.

 

Mening bu tori mo‘ yanglig‘ tanimg‘a toblar soldi,

Ul oyning yuzida sunbul kibi zulfidag‘i xamlar.

 

Havog‘a dudi ohin butratur ishq ahli g‘ayratdin,

Sabo tahrikidin har gah parishon bo‘lsa parchamlar.

 

Ochildi zulfi-yu xaylar namudor o‘ldi yuzinda,

Gul uzra chun bo‘lur paydo kecha ochilsa shabnamlar.

 

Menu g‘am kunji-yu ohu fig‘onu ashki xun olud,

Ne xushdur go‘shai xoli, mayi sofi-yu hamdamlar.

 

Ko‘ngulni ishq buzdi, ne osig‘ pandu nasihatdin,

Mening majruh ko‘nglumg‘a yarashmas ushbu marhamlar.

 

Yuzi navro‘zi-yu, vasli iydni, Bobur, g‘animat tut,

Ki, mundin yaxshi bo‘lmas, bo‘lsa yuz navro‘zu bayramlar

Yangi oy yor yuzi birla ko‘rub el shodu bayramlar ...