Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Ko‘z sham’ini yorutqali mahvash kelding,
Sabr uyini kuydurg‘ali otash kelding,
Qilding meni kelganing bila minnatdor,
Rahmat senga, yaxshi keldingu xush kelding!
***
Sensiz necha g‘am birla maloli ko‘raling,
Hajring necha bo‘lg‘usi, visoli ko‘raling.
Hajringda necha xayol ila o‘tkaraling,
Lutf aylavu kelgilki, jamoli ko‘raling.
***
Eykim, yasabon yuzungni xurshid etting,
Furqat alamini jonga jovid etting.
Men seni dedim, sen o‘zgani qilding yod,
Navmid o‘lg‘il, chun meni navmid etting.
***
Yotlarni kerakki, oshno kam qilsang,
Har kimki vafo qilsa, jafo kam qilsang.
Navmid bo‘lur borcha vafodorlaring,
Gar shah nazaring birla vafo kam qilsang.
***
Hijron aro yod etib, meni shod etti,
Mahjur ko‘ngulni g‘amdin ozod etti.
Ne lutf edi, dey, huri parizod etti,
Go‘yoki buzuq Ka’bani obod etti