Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Ochilib ikki sochi yuziga yoyilmishlar,
Yoruq jahonni ko‘zumga qorong‘u qilmishlar.
Chog‘ir bag‘ir qonidur barcha ishq ahlig‘a,
Zihi alarki, bu maydin dame oyilmishlar.
Ne qilsam aylama, ey yor, aybkim, menda
Jununu ishqu yigitlik bori qotilmishlar.
Salohg‘a xirad ahli meni yovuq derlar,
Ko‘rungki, ushbu chechanlar yiroq yangilmishlar.
Ne sud ishqni eldin yoshurmoq, ey Bobur,
Chu holatingni bori olam ahli bilmishlar.