Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Doim sog‘inib, ko‘ngulni ol, xush qolg‘il!
Rahmat nazarini menga sol, xush qolg‘il!
Noxush edi buki, men yomon bordim, lek
Sen lola uzor, yaxshi qol, xush qolg‘il!
***
Yo qahru g‘azab birla meni tufroq qil!
Yo bahri inoyatingda mustag‘raq qil!
Yo Rab, sengadur yuzum – qaro, xoh oq qil,
Har nav’i sening rizong erur, andoq qil!
***
Noz uyqusidin biror zamon oyilg‘il!
Guldek kulub, ey g‘unchadahan, ochilg‘il!
Ko‘nglumni iliklading cholib chang, ey yor,
Changingdadurur ko‘ngul – navozish qilg‘il!
***
Ey yel, borib ahbobqa nomimni degil!
Har kim meni bilsa, bu kalomimni degil!
Mendin demagil gar – unutulg‘on bo‘lsam,
Har kimki meni so‘rsa, salomimni degil!
***
Naqqosh, mening holima tadbir etgil,
Bir yog‘lig‘ aro kashida tahrir etgil.
Ul safhada men xayol qilg‘on yanglig‘,
Ul yorg‘a mushkilimni taqrir etgil.