Sinov yoʻsinida ishlamoqda

To qilg‘ali zikri tab’ nomini ko‘ngul ...

To qilg‘ali zikri tab’ nomini ko‘ngul,

Vird ayladi tab’ ahli kalomini ko‘ngul.

To hajr g‘amu mehnati taskin topqay,

Istaydurur ahbob payomini ko‘ngul.


 ***

G‘avg‘oda may irtikob qilmoq mushkil,

Jong‘a kuch ila azob qilmoq mushkil,

Bo‘lmay dog‘i mast xob qilmoq mushkil,

Аhbobdin ijtinob qilmoq mushkil.

 

***

Ey yor, sening vaslinga yetmak mushkil,

Farxunda hadisingni eshitmak mushkil,

Ishqingni dog‘i bartaraf etmak mushkil,

Boshni olibon bir sari ketmak mushkil.

 

***

To vodiyi hajringda qilibmen manzil,

Surat bila garchi ayrumen men bedil.

Vallohki, ey yor, sening yodingdin

Bir lahzau bir zamon emasmen g‘ofil.

 

***

Jonig‘a yetishti tuzu tog‘ birla ko‘ngul,

Dardini tugatmas isitmog‘ birla ko‘ngul.

G‘urbatda oyoq birla badan yetmasdek,

Yuz shukrki, tinchdur qulog‘ birla ko‘ngul

To qilg‘ali zikri tab’ nomini ko‘ngul ...