Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Yakson karaming qoshida mudbiru muqbil ...

Yakson karaming qoshida mudbiru muqbil,

Oson sening ollingda jame’i mushkil.

Yo lutfu inoyat oncha qilkim, ko‘taray,

Yo qahru g‘azabni toqatim boricha qil.

 

 ***

Yuz hamd angakim, hamdin aning ahli maqol,

Yuz yil desalar, tugatmagi amri muhol.

Vasfida xirad ojiz erur, notiqa – lol,

Ne nav’ sifat qilay seni jalla Jalol.

 

***

А’zo-yu javorihingni hozir qilg‘il,

Jon birla ko‘ngul hoziru nozir qilg‘il.

Har lahza bir andisha-yu bir fikrni qo‘y,

Аndisha-yu fikringni borin bir qilg‘il.

 

***

Ko‘zungdin erur, nazora qil, xastalig‘im,

Qoshingdin erur g‘am bila payvastalig‘im.

Boshimni olib ketgay edim yuz qatla,

Bo‘lmasa edi sochingg‘a dilbastalig‘im.

 

***

Sening bila menki, oshnolig‘ qildim,

Ishqingni hazin jong‘a balolig‘ qildim.

Ko‘rmay, bilmay meni vafosiz debsen,

Men senga ne nav’ bevafolig‘ qildim?

Yakson karaming qoshida mudbiru muqbil ...