Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Bemehr desa el seni, men butmas edim,
Hargiz bu sifatni senga yovutmas edim.
Nohaq og‘rib, meni unuttung oxir,
Vallohki, sendin bu tama’ tutmas edim.
***
Islom uchun ovorai yoziy bo‘ldum,
Kufforu hunud harbsoziy bo‘ldum.
Jazm aylab edim o‘zni shahid bo‘lmoqqa,
Аlminnatulillohki, g‘oziy bo‘ldum.
***
Har kunda yuzungni ko‘rmak erur havasim,
Har kecha soching xayolidur hamnafasim.
Iso damidin ruh berur jismimg‘a,
Sening soridin payom keltursa nasim.
***
Qotingda agar gunoh gohe qildim,
Yuz qotla nadomat bila ohe qildim,
Qildim yomonu asru tabohe5 qildim,
Lutfung bila sen kechur, gunohe qildim.
***
Аhbob unutmasa kerak ahdi qadim,
Yetkursa kerak xabar gahi payki nasim.
Bobur, chu umid ila qilur arzi niyoz,
Shoyadki, qabul aylagay tab’i salim.