Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Xush ulki, kelib yonimda o‘lturg‘aysen,
Yo bir nafas ollimda kelib turg‘aysen.
Og‘zingg‘a o‘par so‘zin bitiy olmasmen,
Borg‘on kishidin og‘iz so‘zin so‘rg‘aysen.
***
Davlat bila shodu shodmon bo‘lg‘aysen,
Shavkat bila mashhuri jahon bo‘lg‘aysen.
Ko‘nguldagidek dahr aro kom1 surub,
Bu dahr borincha komron2 bo‘lgaysen.
***
Eykim, olam shohlari shohi sensen!
Bevosita manzuri3 ilohiy sensen!
Sen borsen, kimga eltay, ey shoh, panoh4,
Chun barcha jahon eli panohi sensen!
***
Zinhorki, do‘stluqni unutmag‘oysen,
Tuqqonlig‘din ko‘ngulni sovutmag‘oysen.
Yotlar bila dushman tarafin gar tutsang,
Tuqqonlig‘u do‘stlug‘ tama’ tutmag‘oysen!
***
Eykim, yoralig‘ jismima marham sensen,
Majruh ko‘ngulg‘a nishtar ham sensen.
Gah shodu gahi g‘amg‘in esam, ayb etma,
Kim boisi shodmonlig‘u g‘am – sensen.