Sinov yoʻsinida ishlamoqda
El suhbatiniki, orzu qilmishmen,
Ne xushlug‘ ila bu guftugo‘ qilmishmen.
Ishrat bila ayshni ne ish qilg‘aymen,
Menkim, g‘amu mehnat bila xo‘ qilmishmen.
***
To tarki manohi-yu sharob etmishmen,
Nafsimg‘a Xudoy uchun azob etmishmen.
Tavba eshigi hanuz ochuq erdi,
Bu tavbada bir nima shitob etmishmen.
***
May tarkini qilg‘ali parishondurmen,
Bilmon qilur ishimni-yu hayrondurmen.
El barcha pushaymon bo‘luru tavba qilur,
Men tavba qilibmenu pushaymondurmen.
***
Ishqing meni qildi asru shaydo, netayin?
Olam eliga ayladi rasvo, netayin?
Jonimni fido qilib sanga, andin so‘ng
Dermenki seni jon etay, ammo netayin?
***
Vaslingni tilab necha, sabodin bilayin,
Kelgilki, quyundek boshingga evrulayin.
Gar kelmasang, istasang meni xidmatingga,
Boshimni qadam qilib, qadamg‘a kelayin.