Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Sen anda farog‘u ayshu ishrat birla,
Men munda xarobu ranju mehnat birla.
Аsrarmen o‘zum birla seni naqsh qilib,
Xursand bo‘lurmen ushbu suvrat birla.
***
Netgay kishi bu falak nifoqi birla,
Itgay bu falak otu suroqi birla.
Gah tirguzadur visol ayyomidin,
Gah o‘lturadur shomi firoqi birla.
***
Ne xesh meni xushlaru ne begona,
Ne g‘ayr rizo mendinu ne jonona.
Har nechaki yaxshiliqta qilsam afsun,
Xalq ichra yomonlig‘ bila men afsona.
***
Bu dahr aro gar ehtimoli bo‘lsa,
Mendek senga yori louboli bo‘lsa.
Ul yor base noziku yo‘q menda adab,
Mendin, ne ajab, agar maloli bo‘lsa.
***
Yor uldurkim, she’rg‘a mayli bo‘lsa,
Netgay kishi she’r g‘ayr xayli bo‘lsa.
Аg‘yorning ozorini har hol bila
Chekkaymen agar bori tufayli bo‘lsa.