Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Jon vola erur la’li shakarboringg‘a,
Ko‘nglum ham erur xarob ruxsoringg‘a.
Guftoring erur boshdin-ayoq borchasi xub,
Men banda bo‘lay boshtin-ayoq boringg‘a.
***
Ey oy, yuzung olida quyosh sharmanda,
Shirin so‘zu yaxshi xulqungga men banda,
Hijronda necha noma bila so‘zlashaling,
Yo sen beri kel, yo borayin men anda.
***
Necha bu falak solg‘usi g‘urbatqa meni,
Har lahza tugangusiz mashaqqatqa meni.
Ne chora qilay, netayki, Tengri go‘yo,
Mehnatni menga yorotti, mehnatqa meni.
***
Bedard habib bilmadi dardimni,
Tufroqcha ko‘rmadi ruxi zardimni.
Mendin necha ko‘nglida g‘ubori bo‘lg‘ay,
Kettim muna, emdi topmag‘ay gardimni.
***
Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi,
Yo borcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki muyassar o‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.