Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Yod etmas emish kishini g‘urbatta kishi ...

Yod etmas emish kishini g‘urbatta kishi,

Shod etmas emish ko‘ngulni mehnatta kishi.

Ko‘nglum bu g‘aribliqda shod o‘lmadi, oh,

G‘urbatta sevunmas emish, albatta, kishi.

 

***

Ovoralig‘ asru xonumondin yaxshi,

Bir go‘sha manga ikki jahondin yaxshi.

Ovora bo‘lurni yaxshi ermas demagil,

Bo‘lsam agar ovora, ne ondin yaxshi.

 

***

Har so‘zniki dermen sanga, lof o‘lmag‘usi,

Bema’niu harzau gazof o‘lmag‘usi.

Ul ishta agar muxolafat aylarsen,

Tengri haqi, bu so‘zda xilof o‘lmag‘usi.

 

***

Ey yor, jafo rasmi chiqormoq ne edi?

Yo mehr giyohini qo‘ng‘ormoq ne edi?

Bir mehr, yana lutf, yana javr nedur?

Bir bordingu kelding, yana bormoq ne edi?

 

***

Gar mehr bila bu charx evrulsa edi,

Jonlardin aning javfi kerak to‘lsa edi.

Bobur kibi jong‘a mehr bog‘lar erdim,

Gar ushbu jahonda Mehrjon bo‘lsa edi.

Yod etmas emish kishini g‘urbatta kishi ...