Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Yetsam sanga, qullug‘umni cho‘q arz qilay ...

Yetsam sanga, qullug‘umni cho‘q arz qilay,

Sen yetsangu men desamki yo‘q, arz qilay.

Ko‘ptur so‘zumu mahram emas hech kishi,

Ruxsat esa, tobug‘ungda-o‘q arz qilay.

 

***

Hijron aro necha noma tahrir qilay,

Xoma tili birla hol taqrir qilay.

Xush ulkim, so‘zum sanga desam vositasiz,

Sen andau men munda, ne tadbir qilay?

 

***

Mening tilagim budurki, navozanda bo‘lay,

Har qanda esang, banda dog‘i anda bo‘lay.

Ne xulq edi, yana ko‘nglum olding so‘z ila,

Shirin so‘zu yaxshi xulqungga banda bo‘lay!

 

***

Husnungni sening kimki taaqqul qilg‘ay,

Sendin boshqa nechuk tajammul qilg‘ay?

Bu tab’u bu ixtilotkim, senda durur,

Ne menki, bori olam elin qul qilg‘ay.

 

***

Аsh’oringkim, she’r oti to bo‘lg‘ay,

Tab’ ahli anga volavu shaydo bo‘lg‘ay.

Har lafzi duru, bahri ma’oni anda,

Kim ko‘rdi dureki, anda daryo bo‘lg‘ay.

Yetsam sanga, qullug‘umni cho‘q arz qilay ...