Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Qosidki yibording, ayladi shod meni,
Doim bu yusunluq aylagil yod meni.
Ozodinga qul boʼlayki, xating keturub,
Hajring gʼamidin ayladi ozod meni.
***
Har kim desa burna yo agar yongla meni,
Oʼzungga musohibu muhib angla meni.
Bu kun meni yod etib, unutma tongla,
Zinhorki, koʼz tut ushbu kun tongla meni.
***
Sheʼring eshitur fikrini Bobur qildi,
Ne fikri hushu yaxshi tasavvur qildi.
Koʼzni yoruq ayladi savodi birla,
Mazmuni bila quloqni purdur qildi.
***
Hijron gʼamidin zaif jonim soʼldi,
Gʼurbat alami birla ichim qon boʼldi.
Yuz shukrki, muncha yilgʼi gʼam birla alam
Rohat bila ishratqa mubaddal oʼldi.
***
Ulfat tutay, ar bor esa taʼlifi sharif,
Insof beray, gar oʼlsa tasnifi sharif,
Maʼrufdurur el ichra taʼrifi sharif,
Boʼlgʼay sharafim – ketursa tashrifi sharif.