Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki, ayladim – xatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.
***
Husnungki sening shuhrai ofoq o‘ldi,
Jon birla ko‘ngul vaslingga mushtoq o‘ldi.
Hajring aro intizor haddin oshti,
Kel yo meni ista, toqatim toq o‘ldi.
***
Idrokingu tab’u hushungga banda bo‘lay,
Ovozu usulu jo‘shungga banda bo‘lay.
Taqsim qilurda naqshlarg‘a ab’yot,
Ta’rib bila o‘qushungga banda bo‘lay.
***
Bu chehrai zardimdin uyolsang, netgay?
Rahmat nazarini manga solsang, netgay?
Bir ishva bila ko‘ngul berib Boburg‘a,
Bir bo‘sa bila ko‘nglini olsang, netgay?
***
Ishqing, netay, ixtiyorsiz qildi meni,
Sabrimni olib, qarorsiz qildi meni.
Olam eli ichra orsiz qildi meni,
Zuhd ahlig‘a e’tiborsiz qildi meni.