Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Gar sidq bila birovki oshiq bo‘lg‘ay ...

Gar sidq bila birovki oshiq bo‘lg‘ay,

Ma’shuq visoli anga loyiq bo‘lg‘ay.

Pir ollida topqusi murodin beshak,

Har kimki agar muridi sodiq bo‘lg‘ay.

 

***

Har vaqtki ko‘rgasen mening so‘zumni,

So‘zumni o‘qub, sog‘inasen o‘zumni.

Vasling bila ko‘nglumni Xudoy aylab shod,

Shukrki, yorutdi yuzung bila ko‘zumni.

 

***

Boburki, demas har kishiga har so‘zini,

Elchingga dedi vale sarosar so‘zini.

Sultonali ar so‘zum senga desa, ne tong,

Ore, laqu daq degay qalandar so‘zini.

Gar sidq bila birovki oshiq bo‘lg‘ay ...