Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Vasldin so‘z derga yo‘q yoro manga ...

Vasldin so‘z derga yo‘q yoro manga,

Hajr aro rahm aylagil, yoro, manga.

O‘qung etti ko‘p yomon yoro manga,

Marhami lutfung bila, yoro manga.


***

Ulki, har ko‘zi g‘azoli Chindurur,

Qoshida payvasta oning chindurur.

Chunki ko‘p yolg‘on aytti ul manga,

Gar desam “yolg‘onchi” oni, chindurur.


***

Meni behol aylagan yor – oydurur,

Kim, aning vasli menga yoroydurur.

Gar visoli bo‘lmasa, ketar yerim

Yo Xuroson, yo Xito, yo Roydurur.


***

Ishq ahli, ishq dardini taning,

Ko‘p yomondur, dardi ishqidin taning.

Har necha ko‘zum och ersa, ko‘z to‘yor,

Gar ochilsa siymdek nozik taning.


***

Mehrkim, ko‘kka qilur ohang tong,

Olida bo‘lsa, emas berang tong.

Xoli-yu ikki labidek bo‘lmag‘ay,

Hindu ar keltursa shakkar tang-tang.

Vasldin so‘z derga yo‘q yoro manga ...