Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Kel, qilay jonni nisoring, o yorim ...

Kel, qilay jonni nisoring, o yorim,

Naqdi jonni bormu sendin oyorim?!

Bo‘sa bersang gar tamom og‘zing bila,

Kunji og‘zingdin oloyin oyorim.


***

Sen kibi bir dilraboni bilmanam,

Oshiqi sodiqki derlar, bil, manam,

Qil tasavvur ko‘z yoshimni bir tengiz,

O‘zga oshiq ashki yanglig‘ bilma nam.


***

To chiqardi xat uzori pokidin,

Gul yuzi ozurda bo‘ldi pokidin.

Istar erdi el burun yuz mehr ila,

Emdi ul yuz mehri ketti pokidin.


***

To ko‘ngul berdim o‘shal qoysorig‘a,

Borg‘onini bilmadim qoy sorig‘a.

Do‘stlar, yorg‘a meni sog‘indurung,

Solsangiz nogah quloq qoysorig‘a.


***

Shah, supuray ostoning yuz ila,

Timanakdin necha uray yuz ila,

Ikki yuzluk mudda’iydin ne g‘amim,

Gar ishim tushsa alardin yuzila?! 

Kel, qilay jonni nisoring, o yorim ...