Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ne balo biyikturur davlat tog‘i ...

Ne balo biyikturur davlat tog‘i,

Ko‘hi g‘amni ne bilur davlat tog‘i.

Himmate tut, dog‘i davlat istagil,

Himmating bo‘lsa, bo‘lur davlat tog‘i.


***

Jong‘a soldi dahr g‘urbat norini,

Ko‘z yoshim bo‘ldi mo‘g‘ulning norini.

Bu aroda men degandek bo‘lmasa,

Ko‘zlay Issiq ko‘lu andin norini.


***

Qaddimni firoq mehnati yo qildi,

Ko‘nglum g‘amu anduh o‘tig‘a yoqildi.

Holimni sabog‘a aytib erdim, ey gul,

Bilmon, sanga sharh qilmadi yo qildi?!


***

Qilmasa ul oy nazar manga, ne tong?

Tengri tole’ chun manga yor etmadi.

O‘qi yorar erdi ko‘nglum dardig‘a,

Netayin, ko‘nglum uchun yor otmadi.


***

Kobulu G‘azni eliga aytingiz:

Bizga yer emdi Xushobu Beradur.

Qay sorig‘a borg‘asizkim, mulku mol

Bizga munda Haq taolo beradur.


***

Kimki, mubtal etar ul yotishini,

Sindururlar boshini yo tishini.

Negakim, o‘z ishini tark etibon,

Harzagard o‘lub, etar yot ishini. 

Ne balo biyikturur davlat tog‘i ...