Sinov yoʻsinida ishlamoqda
(1)
Ey alarkim, bu Hind kishvaridin
Bordingiz, anglab o‘zga ranju alam.
Kobulu xush havosini sog‘inib,
Hinddin garm bordingiz ul dam.
Ko‘rdungiz, topdingiz ekin anda
Ishratu aysh birla nozu ni’am.
Biz dog‘i o‘lmaduk, bihamdillah,
Garchi ko‘p ranj edi-yu, behad g‘am.
Hazzi nafsiy, mashaqqati badaniy,
Sizdin o‘tti-yu, o‘tti bizdin ham.
***
(2)
Davron g‘ami bila sitamini unutturur
Ul sabzchehra yor xayoli alad-davom.
Hijronida xayol eta olmon, bu turfakim,
Vaslida ham xayol agar bo‘lsa, barcha xom.