Sinov yoʻsinida ishlamoqda
(4)
Eyki, targ‘ib qilursen chog‘ir ichmakka meni,
Sozu xonanda bila soqi-yu sahbo bormu?
Bo vujudiki, o‘tubtur chog‘ir ichmak vaqti,
Majlis asbobini, bilmonki, muhayyo bormu?
***
(5)
Noumid bo‘ldum, ey Mo‘g‘ul, sendin,
To eshitgimki, Andijon bording.
Aytg‘on so‘zga keldim, ammo, sen
Yaxshi kelding demay, yomon bording.
***
(6)
Qolmadi hurmat ahli olamda,
Olamu olam ahdidin yuv ilik.
Boburo, ikki podshohlig‘din
Yaxshiroq bu zamonda bir beklik.
***
(7)
Muyassar o‘lsa agar yor vasli g‘urbatta,
Vatanni ne qilayu o‘z diyor nega kerak?