Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Gar desang kuymayin bu jurm bila,
Jilavingni bu arsadin yondur!
***
(11)
Ul sarvning harimig‘a gar yetsang, ey sabo,
Bergil bu hajr xastasidin yod ko‘ngliga.
Rahm aylabon sog‘inmadi Boburni, bor umid,
Solgoy Xudoy rahmni Fo‘lod ko‘ngliga.
***
(12)
Xurosong‘a o‘n oy tortib cherik, Kobul sori yonduk,
Qish ichra Chaxcharon birlakim, ul yo‘l vahmi jon oldi.
Bu fursatta kishi o‘tmoydurur hargiz bu dobondin,
Biz o‘ttuk, lek elning ilik-oyog‘in sovuq choldi.
Necha kun qor tepib, muz yostonib, tashvish ila qo‘nduk,
Sovuqu qor asru behad uchun el ko‘ngul soldi.
Jiba-yu otlari elning qoldi aksar yo‘l yomon uchun,
Bu yurushta ziyon ko‘b bo‘ldi, bore yaxshi ot qoldi.
***
(13)
Bu viloyatqa muqayyad bo‘lmag‘il,
Kel, Xuroson jonibig‘a azm qil!
Gar borur bo‘lsang, erurmen hamrahing,
V-ar turorsen, men borurmen, jazm qil!