Sinov yoʻsinida ishlamoqda
(17)
Bilur jahon elikim mehmon ziyofatidin,
Mening tariqim emas ijtinob qilmog‘liq.
Havo xush erdi-yu, ahbob dog‘i qo‘ymadilar:
Zarurat o‘ldi chog‘ir irtikob qilmog‘liq.
***
(18)
Otani chunki qibla debturlar,
Qibla yanglig‘ anga nazar qilg‘il.
Ota og‘ritma, ey otam, zinhor,
Ota ozoridin hazar qilg‘il.
***
(19)
Firoqing o‘lturur oxir meni dilxastani beshak,
Meni o‘ltur visolingda, ne ya’ni andoq o‘lturmak.
Necha nosih. nasihat dega-yu, men ham ne qilg‘aymen?
Azalda chunki bordur bu ko‘ngulga ko‘rguluk emgak.