Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Tutmag‘il, ey gul, ravokim, ishqing ichra bir g‘arib ...

Tutmag‘il, ey gul, ravokim, ishqing ichra bir g‘arib

Yerga bosh qo‘yg‘ay, xazon yafrog‘i yanglig‘ sarg‘arib.

Shahrdin bezor bo‘lsa, ne ajab, bezar kishi,

Ishq aro bemor bo‘lsa, tong emas, bemar g‘arib.

 

***

Yor ko‘b bemehrdur, tole’ base noe’timid,

Vahki, kun-kundin bo‘lurmen o‘z-o‘zimdin noumid.

Vasl borgondek ko‘nguldin, bordi ilgimdin ko‘ngul,

Ne menga andin xabardur, ne anga mundin navid.

 

***

Kelki, bormay, seni ko‘rmay yuz tuman armon bila,

Maqdamingda naqdi umrum sarf aylay jon bila.

Necha istarsen mening dardimg‘a darmon, ey tabib,

Ishq dardi yaxshi bo‘lg‘aymu ekin darmon bila?

 

***

Necha mehrsizliktin hijron yo‘lig‘a borg‘ay?

Kim bu yo‘ldin, ey ko‘ngul, ul quyoshni qaytarg‘ay?

Hech eshitmayin so‘zni, g‘amga soldilar o‘zni,

Yo ko‘ngulni, yo qo‘zni, – qaysi birisin qarg‘ay?


 ***

Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo‘l beg‘am,

Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo‘l xurram.

El hamdami bo‘lg‘anda, ishqingda g‘amu mehnat,

Abdussamadi Tarxon, ishrat bila bo‘l hamdam.

 


Tutmag‘il, ey gul, ravokim, ishqing ichra bir g‘arib ...