Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Xayol etsam ul belni, hol eltadur,
Meni beli sori xayol eltadur.
Qadining xayolin ko‘z asrab magar,
Ko‘ngul ravzasig‘a nihol eltadur?
***
Ey xush ulkim, qilsa g‘amdin ko‘nglini ogoh, ishq,
Aylasa beg‘amlig‘ining qissasin ko‘toh, ishq.
Vah, ne kun bo‘lg‘ayki, qovlab aqlu donish xaylini,
Bo‘lsa jon birla ko‘ngulning kishvarida shoh ishq.
***
Safar azmini qilding, men boraolmay turub qoldim,
Nazar lutfini qilding mendinu men telmurub qoldim.
Aningdek tund surdi xajr raxshin ul qaroko‘zluk,
Yiroqtin yuz alam birla qarosini ko‘rub qoldim.
***
Seni ko‘rmaslik ko‘ngulga g‘am edi, jonimg‘a ham,
G‘ayrning ko‘rmakligi bo‘ldi alam uzra alam.
Yo sening ko‘rmakligingdin g‘ayr bo‘lsa erdi daf’,
Yo seni ko‘rmaydururmen, g‘ayrni ham ko‘rmasam.
***
Qadi furqati meni duto qilur,
Qoshi hajri qomatimni yo qilur,
Necha g‘ayrg‘a ul oy vafo qilur?
Necha jonima mening jafo qilur?