Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Xulqungni rost qilg‘il har sorig‘aki borsang ...

[ 1] Hasan

 

Xulqungni rost qilg‘il har sorig‘aki borsang,

“Ahsanta!” der bori el gar yaxshi ot chiqarsang.

 

[2]    Bobur

 

Eshiking ostonig‘a qo‘yubon iki yuzimni,

O‘pay gohi tavoze’ birla, surtay ko‘zumni.

 

[3]    Ibrohim

 

Necha otini eshitgach oh urub, o‘zdin ketay,

Oqibat bosh borg‘usidur, Bobur, ohimdin netay?!

 

[4]    Mu’in

 

Ko‘zumki, xati erdi oning matlubi,

Yuz shukrki, ravshan etti ko‘zum maktubi.


[5]    Yusuf

 

Yutadur taassufdin firoqida ko‘nglum qon,

Netay, bu balo birla nedur, do‘stlar, darmon.

Xulqungni rost qilg‘il har sorig‘aki borsang ...