Sinov yoʻsinida ishlamoqda
[ 31] QUBOD
Yuz biyobon tarafig‘a urayin,
Dardi dil birla ne munda turayin.
[32] Doim Ali
Yo Rab, ul xurshidro‘, bemehr oyim qandadur
Kim, anga solsam ko‘zumni, yo desam ko‘nglum g‘amin.
[33] No‘mon
To borg‘ali gul uzori siymtanim,
Har yon guldek chokdurur pirahanim,
O‘lsam ko‘zu og‘zi-u qadi yodi bila
Chok o‘lg‘usi ko‘nglak kibi har yon kafanim.
[34] Shuhratiy
Yuz ming jafo ul oy uchun men qarorsiz,
Qilg‘aymen ixtiyor, vale ixtiyorsiz.
[35] Salmon
Chiqar savdoyilarning dud yanglig‘ ohi boshig‘a,
Agar keltursa sochini parishon zulfi qoshig‘a.