Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Mendin o‘zga xastalarg‘a la’lidin darmon berur,
Men berurmen jonu ul umr o‘zgalarga jon berur.
Oshiqi – men, ul qilur ag‘yorg‘a mahbubluq,
Dardmandi – men, vale ul o‘zgaga darmon berur.
O‘qida paykon emas, bir qatra hayvon suyidur,
Yetgach-o‘q jonsiz tanimga jon o‘shal paykon berur.
Qon yoshimni hajrida, she’rimni vasfida ko‘rung
Kim, bu yanglig‘ durru gavhar qaysi bahru kon berur?
Bo‘lg‘ali qaddig‘a moyil vaslidin mahrummen,
Boburo, ul husn naxli bar magar hirmon berur?