Sinov yoʻsinida ishlamoqda
[36] So’id
Tiyg‘i jafoni kimga desang ahli holdur,
Boshig‘a sindurur buti bee’tidoldur.
[37] Saxiy
Pinhon ko‘ngulda ishq edi hijron balosida,
Fosh o‘ldi mojarosi xaloyiq arosida.
[38] Vali
Ey g‘ayr, ul oyning itlari sonida muttasil,
Vaqteki ovg‘a borsang, bu qulni hisob qil.
[39] Muhammad
Ul kunekim habib ko‘rgamen, manga yuz ming sharaftur ul kunda,
Bo‘lsa gar bomdod mahbube, dardi dil bartaraftur ul kunda.
[40] Yoron
Ohu ashkimdin ko‘ngulkim, bo‘ldi darmonda ko‘rung,
Vahki, bo‘ldi bedil ushbu bodu boronda ko‘rung.
[41] So‘hrob
May suyi xurramdurur eltur xumor ozorini,
Ko‘rsa xurram suvni kim bilgay xumori borini.