Sinov yoʻsinida ishlamoqda
[42] DORO
Men ishqida zoru voqif ermas
Holimdin o‘shal nigori chiniy,
Dardimni dedim, vale, ne bilgay,
To anglamag‘uncha forsiyni.
[43] Olam
Ey yorki, yorlig‘din o‘lding g‘ofil,
Dushman kibi Boburni ko‘rarsen hosil.
Debsen: alamim qilsa rafiq aytay yor,
Qilmish alaming rafiq yor aytg‘il.
[44] Xurram
Har kim kecha may ichib saboh oyilg‘ay,
Maxmurlig‘ida hushidin oyrilg‘ay.
Mayxonag‘a yetkuncha chog‘irsiz bo‘lmas,
Shoyad orada xumori ro‘ze qilg‘ay.
[45] Naqib
Ko‘rub ag‘yor ila ko‘zu ko‘ngulga bo‘ldi dardu g‘am,
Parishon bo‘lg‘ali o‘zdin boribtur ko‘zu ko‘nglum ham.
[46] Bobo
Bosafo orazing ne dilkashtur,
Benihoyat qocharlaring xushtur.