Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Holimni sanga aytib, xajr o‘tig‘a o‘rtondim ...

Holimni sanga aytib, xajr o‘tig‘a o‘rtondim,

Ey yor, yamon qildim, har neki dedim – yondim.

 

***

San bo‘sa sening ko‘nglung gar istasa, andoq qil,

Sanbo‘sa kerak bo‘lsa, san bo‘sa inoyat qil.

 

***

Base, firoqida ichsam chog‘ir, yig‘im keladur,

Manga chog‘irni keturmangki, achchig‘im keladur.

 

***

Tutmag‘il, ey gul, ravokim, ishqing ichra bir g‘arib,

Erga bosh qo’yg’ay xazon yafrog’i yanglig’ sarg’arib.

 

***

Zuhd sahrosig’a tushtum ishq yo’lidin ozib,

Boburi gumrahni emdi kim bu yo’lg’a ko’ndurur?

 

***

Ul ikki labi ramze dard ahlig‘a qilmaydur,

Gul g‘unchasidur go‘yo, bizlarga ochilmaydur.

 

***

Bor archi boisi yuz sho‘ru yuz gunoh, chog‘ir,

Chog‘ir firoqi halok etti meni, oh chog‘ir!

 

***

Firoqingdin yovushtum o‘lgali, ey yor, kelgaysen!

Visolinga base mushtoqmen, zinhor kelgaysen!

Holimni sanga aytib, xajr o‘tig‘a o‘rtondim ...