Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ul pariruxsora hargiz notavonliq ko‘rmasun! ...

Ul pariruxsora hargiz notavonliq ko‘rmasun!

Yaxshidur yaxshi kishi, hargiz yomonliq ko‘rmasun!

 

***

Sendin ayru naylagaymen ayshu sahbo xushlug‘in,

Kim sening uchun tilarmen barcha dunyo xushlug‘in.

 

***

Sening uchun vatanim ko‘hu dasht bo‘lg‘usidur,

Aning uchunki, vafosiz g‘azol ko‘runasen.

 

***

Bormu erkin hech nima olamda hijrondin yomon,

Har nekim ondin yomonroq yo‘q, budur ondin yomon.

 

***

Yor qadrin bilmadim to yordin ayrilmadim,

Yor qadri muncha ham dushvor ekandur, bilmadim.

 

***

Ko‘rub hijron g‘amin, jonong‘a ettim,

Agarchi ranj chektim, jong‘a ettim.

Ul pariruxsora hargiz notavonliq ko‘rmasun! ...