Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Meni hijronda kuydursang, ko‘ngul sendin sovutmasmen ...

Meni hijronda kuydursang, ko‘ngul sendin sovutmasmen,

Agarchi sen unuttung meni, seni men unutmasmen!

 

***

Qovun birla uzumning hajrida ko‘nglumda g‘am har so‘,

Oqar suvning firoqidin ko‘zumdin har dam oqar su(v).

 

***

Jahon eli-yu jahon borcha gar adam bo‘lsa,

Adam yo‘lini tutay, zarra menda g‘am bo‘lsa.

 

***

Istaram etsam quyundek gul’uzorim qoshig‘a,

Olida tufrog‘ bo‘lub, evrulsam oning boshig‘a!

 

***

Garchi olamda visol ayyomi dilkashdur, axi,

To bilingay vasl qadri, hajr ham xushdur, axi.

 

***

Mehribon sog‘ing‘onim nomehrubon ermish, netay?

Yaxshilig‘ ko‘z tutgonim asru yomon ermish, netay?

 

***

Necha ul yor yod etmay, meni ag‘yor sog‘ing‘ay,

Ne kun bo‘lg‘ay meni dilxastani ul yor sog‘ing‘ay.

 

***

Bu dunyodin farah yo‘qtur meni mahzung‘a jononsiz,

Jahondin kim desun, billoh, kerakmas manga jon onsiz!

Meni hijronda kuydursang, ko‘ngul sendin sovutmasmen ...