Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Firoqing o‘lturur oxir meni dilxastani, beshak,

Firoqing o‘lturur oxir meni dilxastani, beshak,

Meni o‘ltur visolingda, ne ya’ni, andak o‘lturmak.

 

***

Do‘stluqni gar tilarsen, aylasang isbot kel,

Suhbatingg‘a asru ko‘p mushtoqdurmen, bot kel.

 

***

Xush ul burunqi zamonlarki, o‘tti-yu bordi,

Xush ul kishiki, zamonlarni yaxshi o’tkardi.


***

Murod vasling erur ayla yod Boburni,

Unutmog‘il yana bu nomurod Boburni.

 

***

Ko‘zumning nurisen, ko‘nglum huzuri,

Tanim xurramlig‘i, jonim sururi.

 

***

Sabza-yu gullar bila jannat bo‘lur Kobul bahor,

Xossa bu mavsumda Boron yozisi-yu Gulbahor.

 

***

(Asmoi Chahor yor – Chahor yor ismlari)

Alarkim, shar’ alardin munjaliydur1, Abu Bakru Umar, Usmon, Aliydur

Firoqing o‘lturur oxir meni dilxastani, beshak,