Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Yorning ag‘yorg‘a mehru vafosin angladim ...

Yorning ag‘yorg‘a mehru vafosin angladim,

Notavon ko‘nglumga ham javru jafosin angladim.

 

***

Qadin ko‘z jo‘yborig‘a ul oy bexost keltursa,

Oyog‘idin ko‘tarmay boshni, Tangri rost keltursa.

 

***

Ne osig‘ ishq aro man’ aylamak oxu fig‘onimni

Ki, men barbod bermishmen bu yo‘lda xonumonimni.

 

***

Sengakim, arzi holimni ado men notavon qildim,

Muborak xotiringg‘a noxush-ar kelsa, yomon qildim.

 

***

Mushtoqdurur xasta ko‘ngul vaslinga bisyor,

Yorim kecha kelgilki, xabar topmasun ag‘yor.

 

***

Eyki, la’li jonfizoing nuqlu maydin yaxshidur,

Kelgil ushbu kecha, yuz ko’rsatki, oydin yaxshidur.

 

***

Kelki, jonda furqatingdin dog‘i hijron qolmasun,

Qolmasun g’amda ko’ngul, ko’nglumda armon qolmasun.

 

***

Ishqing mayidin, ey jonkim, mastu bexabarmen,

Gohi o‘zumda yo‘qmen, gohi o‘zumda bormen.

 

***

Ko‘zum yorug‘lug‘i-yu xasta ko‘nglum xushlig‘i sensen,

Badanda jonsenu jonning dag‘i dilkashlig‘i sensen.

Yorning ag‘yorg‘a mehru vafosin angladim ...