Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Necha boshimg‘a yog‘durg‘ay jafo toshini ul mahvash? ...

Necha boshimg‘a yog‘durg‘ay jafo toshini ul mahvash?

Necha sabr aylay oning javrig‘akim, o‘tdi haddin tosh?


***

May xumoridin o‘lur har nafas afzun dardim

Soqiyo, kel, bir ayoq berki, ilikdin bordim.


***

Jafoni qo‘y, vafo tarkini tutma,

Unutmasmen seni, sen ham unutma.


***

Senga oshiq emasmenkim, menga javr etgasen doim,

Sening nozingni kim tortar, mening sendin ne parvoyim?


***

Gar ko‘zungdin tushtum ersa, ko‘rdum oni bodadin,

Bo‘ldi taqsir, emdi sen o‘tkor meni uftodadin.


***

Chun zarurat bo‘ldi, qildim sendin ayru mayli jom,

Har chog‘irkim, ichmasam yoding bila, bo‘lsun harom.


***

Tasavvur qilmag‘ilkim, sendin, ey jon, o‘zga qilg‘aymen,

Ko‘ngul ul, fikr ham uldur, ne imkon o‘zga qilg‘aymen?


***

Bormakim, ko‘nglumda vasling ishtiyoqidur hanuz,

Kelki, vasling ishtiyoqi menda boqidur hanuz.


***

Eshikingga boshim qo‘ymoq uchun har dam itob etma,

Bosh olib ketgum oxir eshikingdin, iztirob etma. 

Necha boshimg‘a yog‘durg‘ay jafo toshini ul mahvash? ...