Sinov yoʻsinida ishlamoqda
Yana oshuftaroq ko‘rdum o‘shal nomehrubonimni,
Ne ish qildim? Ne taqsir o‘ldi? Bilmasmen gunohimni.
***
Hajr ila qo‘nglumni buzding, vasl birla tuz meni,
Bordingu o‘lturdung oxir, kel, dag‘i tirguz meni.
***
O‘tgan oqshom va’da aylab, ul pariro‘ kelmadi,
«Ko‘zlarimga kecha tong otquncha uyqu kelmadi».
***
Ichib chog‘irni, ishim telbalikka yovushti,
Nechuk tahammul etay, ichimga o‘t tushti.
***
Go‘shaye tutsam, jahonning elidin g‘am ko‘rmasam,
Istaram el ko‘rmasa meni-yu men ham ko‘rmasam.
***
Bizga chun mehring yo‘q, elga mehrubonlig‘ qilmag‘il,
Yaxshilig‘ chun qilmading, bore yomonlig‘ qilmag‘il.
***
Jahon birla jahonning ahlidin behad malolim bor,
Biridin qat’ etib, ul birga qotilmas xayolim bor.
***
Jonni fido qilib senga, bormen dag‘i yomon,
Qilg‘an hamondurur dog‘i-yu qilmag‘an hamon.
***
Ey sabo, sharh aylagil hijronda avqotim mening,
O‘tsa ul shahning tobug‘ida agar otim mening.