Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Ne ko‘ray to‘bini qaddi xushxiroming borida?!

Ne ko‘ray to‘bini qaddi xushxiroming borida?!

Ne qilay sunbulni xatti mushkfoming borida?!


Kim Xizr suyin og‘izlag‘ay labingning qoshida?!

Kim Masih alfozidin degay kaloming borida?!


Oshiqingni davlatin vasling bila qil muhtaram,

Husn ahli ichra muncha ehtiroming borida.


Bizdin ayru doim el birla icharsen bodani,

Bizni ham gohi sog‘in, shurbi mudoming borida.


Ey ko‘ngul, gar g‘ayr so‘zi zahri qotildur, ne g‘am?!

Lablaridin sharbati «yuhyil-’izom»ing borida.


Tarki nomus aylabon badnom bo‘lg‘il ishq aro,

Kim seni oshiq degay nomusu noming borida?!


Bobur, ul gul ko‘yida bulbul kibi topting maqom,

Bir navoe rost qil mundoq maqoming borida.

Ne ko‘ray to‘bini qaddi xushxiroming borida?!