Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida ...

Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida,

Tong yo‘q, ey bemehr, agar o‘lsam firoqing shomida.

 

Ey ko‘ngul, yuzin ko‘rub, zulfi parishonin sog‘in,

Shomi hijrondin tavahhum ayla vasl ayyomida.

 

Zulfidakim maskan etting, ko‘r zanaxdon chohini,

Voqif o‘lg‘ilkim, erursen ajdahoning komida.

 

G‘unchadek og‘zing g‘ami ko‘nglumda gar yo‘q, bas nedur

Chok ko‘nglum hay’ati gul g‘unchasi andomida?

 

Yorning payg‘omidin topti tani farsuda jon,

Iyso e’jozi magar muzmardurur payg‘omida.

 

Bobur, ul gul zulfi ostinda emastur xollar,

Jon qushin sayd aylar uchun donalardur domida.

Chun falak qo‘ymas meni bir lahza vasl ayyomida ...