Sinov yoʻsinida ishlamoqda

Bir pari men telbani husnig‘a moyil qilg‘udek ...

Bir pari men telbani husnig‘a moyil qilg‘udek,

Ko‘zum ichra yer tutub, ko‘nglumda manzil qilg‘udek.

 

Ko‘nglumizga javr behad qildi ul nomehrubon,

Jonima yuz ming g‘amu mehnatni hosil qilg‘udek.

 

Notavon ko‘nglumg‘a ishqi qayg‘uni kelturgudek,

Аyshu ishratni ko‘nguldin qayg‘u zoyil qilg‘udek.

 

Qilmadi Farhodu Majnun o‘zni rasvo men kibi

Kim, bu nav’ ish – ish emastur hech oqil qilg‘udek.

 

Ul pari ishqida Bobur jon berib, ey ahli ishq,

Ishq atvorini ishq ahlig‘a mushkil qilg‘udek.

Bir pari men telbani husnig‘a moyil qilg‘udek ...